09:02 / 23.07.2018
4 035

Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilishdi

Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilishdi
20-22 iyul kunlari Cho‘lpon ota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Q.Abdraxmanov, Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri E.Abdildayev, Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri S.Muhriddin, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari B.Myatiyev ishtirok etdi.

TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari uchrashuv yakunlariga ko‘ra qo‘shma bayonot berishgan.

Vazirlar 2018 yil 15 martda Markaziy Osiyo Davlat rahbarlarining Ostona shahridagi ishchi (maslahatlashuv) uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish maqsadida, Qirg‘iziston tomoni tashabbusiga ko‘ra do‘stona ruhda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati va istiqbollarini, xavfsizlikni ta’minlash, chegara, transport va tranzit aloqalari, suv-energetika manbalaridan foydalanish, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlik, jumladan Markaziy Osiyo mamlakatlarining xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi masalalarini muhokama qilishgan.

Uchrashuvda Markaziy Osiyo Davlat rahbarlarining 2019 yil mart oyida mintaqaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi maslahatlashuv uchrashuvining muhimligi e’tirof etilgan.

Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi davlat chegarasini xalqaro huquqiy rasmiylashtirish jarayonidagi hamda mintaqadagi hududlararo va chegaraoldi hamkorligining faollashishidagi ijobiy dinamika qo‘llab-quvvatlangan.

Tashqi ishlar vazirlari xalqaro terrorizm va ekstremizm, narkotiklarning noqonuniy aylanishi, uyushgan transmilliy jinoyatlar hamda mintaqaviy xavfsizlikning tahdidlariga qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikni, jumladan xalqaro va mintaqaviy tashkilot doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishning zarurligini ta’kidlashgan, savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro savdoni ko‘paytirish uchun qulay sharoitlar yaratishning zarurligini qayd etishgan.

«Mintaqa ichidagi investitsion hamkorlikni olg‘a surish Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik muhiti faolligining muhim omili», deya fikr bildirilgan uchrashuvda.

Yig‘ilganlar mintaqaning tranzit imkoniyatlarini kengaytirish mintaqa davlatlarining iqtisodiy hamkorligi mustahkamlanishiga, transport infratuzilmasining rivojlanishiga va transport kommunikatsiyalari orqali tranzit yuk tashishni yo‘lga qo‘yishga imkon yaratishini tasdiqlashgan.

Markaziy Osiyoda suv-energetika manbalaridan kompleks foydalanishni qo‘llab-quvvatlangan hamda mintaqaning barcha mamlakatlari qiziqishlaridan va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda mazkur sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning barqaror uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqishning zarurligiga urg‘u berilgan, Markaziy Osiyo davlatlari xalqlarining madaniyati, tarixi va tillari mustarakligi qayd etilib, tomonlar ta’lim, madaniyat, san’at, fan, turizm va boshqa sohalardagi davomiy hamkorlik tarafdori ekanliklari tasdiqlangan.

«2018 yilning 20-22-iyul kunlari Cho‘lpon ota shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi Markaziy Osiyoning beshta mamlakati xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, hamjihatlik va ishonchga asoslangan mintaqaviy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlashiga ishonch bildirdilar. Mintaqaviy hamkorlikning holatini muhokama qilish va ularning keyingi rivojlanishi istiqbollarini belgilab olish uchun Markaziy Osiyo davlatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi siyosiy muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar. Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlarining keyingi uchrashuvini Tojikiston Respublikasida o‘tkazilishiga rozilik bildirdilar», deyiladi TIV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyo davlatlari Tashqi ishlar vazirlari qo‘shma bayonot qabul qilishdi