16:45 / 23.07.2018
7 085

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi yana bittaga ko‘payadi

O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi yana bittaga ko‘payadi
Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya) filiali tashkil etiladi.

Prezidentning 2018 yil 20 iyulida “Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining (Rossiya) filiali tashkil etilib, unda yadro energetikasi va issiqlik fizikasining tarmoq ehtiyojlari uchun ilmiy-texnologik ishlab chiqarish vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan muhandis-texnik kadrlar tayyorlanishi belgilandi.

“MMFI” MTYaU filialining ta’lim faoliyati 2019/2020 o‘quv yilidan boshlanadi.

Filial bitiruvchilariga “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetining (Rossiya) belgilangan namunadagi diplomi beriladi va bu diplom O‘zbekistonda oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasasi yana bittaga ko‘payadi