19:10 / 23.07.2018
4 999

Yaponlar uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi

Yaponlar uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi
Foto: «Glavkom.ua»
Yaponiya sog‘liqni saqlash va mehnat vazirligi statistikasiga ko‘ra, o‘tgan yili yaponlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi o‘sishda davom etgan va yangi tarixiy rekord qayd etilgan. Bu haqda «Sinxua»ga asoslanib «Xabar.uz» yozmoqda.

Demak, statistika o‘tgan yili Yaponiyada ko‘rsatkichlar tegishli ravishda 0,13 va 0,11 yilga yaxshilanib, ayollar o‘rtacha 87,26 yil, erkaklar 81,09 yil yashayotganini ko‘rsatdi.

Yaponiya matbuoti ro‘yxatda keltirilgan mamlakatlar va hududlar orasida yapon ayollari uzoq yashash bo‘yicha faqat Syangan (Honkong) ayollaridan ortda qolayotganini va uch yildan beri 2-o‘rin band etib kelinayotganini yozgan.

Yapon erkaklari esa uzoq umr ko‘rish borasida Syangan va Shveysariyada yashovchi erkaklardan ortda qolishyapti, ular ham o‘tgan yili reytingda 2-o‘rinda edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponlar uzoq umr ko‘rish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishdi