10:56 / 26.07.2018
4 585

O‘zbekiston aholisini eng ko‘p qiynab kelayotgan tashkilotlar qaysi?

O‘zbekiston aholisini eng ko‘p qiynab kelayotgan tashkilotlar qaysi?
Aholi qaysi tashkilotlardan, tizimlardan ko‘proq norozi ekanligi ulardan kelayotgan shikoyat va arizalar oqimidan ham bilish mumkin.

O‘zbekiston Istemolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi murojaatlar o‘rganish borasidagi 2018 yilning o‘tgan 6 oylik davomidagi ma’lumotlarini e’lon qildi.

Hisobot davrida Federatsiya va uning hududiy tuzilmalari hamda tuman (shahar) jamiyatlariga iste’molchilardan jami 6 713 ta murojaat kelib tushgan.

Mazkur ariza va shikoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirilganida 2 171 taga oshganligi kuzatildi.

Aholi tomonidan mazkur hisobot davrida federatsiya va uning hududiy bo‘linmalariga qilingan murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlarning katta qismi savdo sohasiga 1 983 ta (jami arizalarning 29,5 %);

tabiiy gaz ta’minoti sohasiga 1 425 ta (jami arizalarning 21,2 %);

elektr ta’minoti sohasiga 1 038 ta (jami arizalarning 15,5 %);

suv ta’minoti sohasiga 450 ta (jami arizalarning 6,7 %);

kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga 331 ta (jami arizalarning 4,9 %);

aloqa sohasiga 203 ta (jami arizalarning 3,0 %);

transport sohasiga 183 ta (jami arizalarning 2,7 %);

sog‘liqni saqlash sohasiga 151 ta (jami arizalarning 2,2 %);

va boshqa sohalarga 949 ta (jami arizalarning 14,1 %) mansubdir.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, jamiyatda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar ortidan aholining huquqiy savodxonligi o‘sib, qonuniy haq-huquqlarini anglab murojaat qilish madaniyati shakllanmoqda. Odamlarning shu bugunning o‘zida yaxshi yashashga intilish hissi kuchayotgani sezilayotir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholisini eng ko‘p qiynab kelayotgan tashkilotlar qaysi?