13:24 / 26.07.2018
4 015

Alisher Usmonov o‘z aktivlarini Rossiya qonunchiligi ostiga o‘tkazmoqda

Alisher Usmonov o‘z aktivlarini Rossiya qonunchiligi ostiga o‘tkazmoqda
Rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonovning “Metalloinvest”, “Megafon” kompaniyalari va boshqa aktivlarini nazorat qiluvchi Kiprdagi USM Holdings Limited xolding kompaniyasi aktivlarini ofshordan chiqarish va USM guruhiga benefitsiar egalikni Rossiya qonunchiligiga o‘tkazish jarayoni yakunlanmoqda.

“USM’ning barcha asosiy aktivlari yangi tashkil etilgan “Xoldingovaya kompaniya YueSeM” MChJ xolding kompaniyasiga USM Holdings Limited’ning yirik benefitsiarlari – Alisher Usmonov (49 foiz) va Vladimir Skoch (30 foiz) ishtirokida o‘tkazilishi kerak. Xususan, bugungi kunda “Xoldingovaya kompaniya YueSeM”ga “Metalloinvest”ning 100 foiz aksiyasiga va “Megafon”ning 56,32 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi kompaniyalardagi 100 foiz ulushni o‘tkazish haqida kelishuv imzolagan”, deb aytilgan kompaniyada.

Ushbu harakatlar natijasida USM guruhi kompaniyalari aktivlarining Rossiya qonunchiligi ostiga o‘tkazilishi jarayoni yakunlanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Usmonov o‘z aktivlarini Rossiya qonunchiligi ostiga o‘tkazmoqda