15:48 / 26.07.2018
9 447

Toshkentda test imtihonlari o‘tkaziladigan joylar manzili ma’lum qilindi

Toshkentda test imtihonlari o‘tkaziladigan joylar manzili ma’lum qilindi
Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlar bo‘lib o‘tadigan manzillarni ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati quyidagicha:

1. "O‘zekspomarkaz" Milliy ko‘rgazmalar majmuasi (5 ta bino, 117 ta guruh, 3510 o‘rin);
2. Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi (1 ta bino, 33 ta guruh, 990 o‘rin);
3. Xalq iste’mol tovarlarining ko‘rgazma yarmarka savdosi Respublika markazi (1 ta bino, 48 ta guruh, 1440 o‘rin);
4. Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati (2 ta bino, 45 ta guruh, 1350 o‘rin);
5. "Tennis" sport majmuasi (1 ta bino, 24 ta guruh, 720 o‘rin);
6. Yoshlik sport majmuasi (1 ta bino, 24 ta guruh, 720 o‘rin).
JAMI: 11 ta bino, 291 ta guruh, 8730 o‘rin.

Eslatib o‘tamiz, test sinovlarining ilk kuni 1 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda test imtihonlari o‘tkaziladigan joylar manzili ma’lum qilindi