08:02 / 27.07.2018
6 677

Adliya vaziri soqol va hijob mavzusidagi bahslarga munosabat bildirdi (video)

Adliya vaziri soqol va hijob mavzusidagi bahslarga munosabat bildirdi (video)
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov soqol va hijob mavzusidagi bahslarga munosabat bildirdi.

O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov Vashington shahrida «Amerika ovozi» muxbiri Navbahor Imomovaning O‘zbekistonda soqol va hijob bo‘yicha siyosat, dindorlik va mutaassiblik chegaralari haqidagi savollariga javob berdi.

“Soqol qo‘yish fuqarolarning o‘z huquqi. Xohlasa qo‘yadi, xohlasa qo‘ymaydi. Bu jamiyatimizning bu sohaga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq. Qonunchilik bilan taqiqlanmagan. Lekin bir narsani e’tiborga oling, u yoki bu tashkilot, masalan laboratoriya, sud-ekspertiza tashkilotlarida dress-kod cheklovi qo‘yilishi mumkin. U yerga soqol bilan borib ishlay olmaysiz. Bu sog‘liq-salomatlik, kasbning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq cheklov bo‘lishi mumkin”, — deydi Ruslanbek Davletov.

Adliya vazirining ishonch bildirishicha, vazirlikka hali «soqolga ruxsat berilmayapti» degan murojaatlar bo‘lmagan.

Hijob bo‘yicha ham jamiyatimizda hech qanday cheklov yo‘q. Ayollarimiz ko‘chada, mashina haydaganda ham hijob kiyib, o‘z huquqlaridan foydalanib kelmoqda. Qonunchiligimizdagi “diniy libos“ni aniq ifoda etish muammo bo‘lib kelgan. Sudlarimizda har xil yondashuv amalga oshirilgan. Buning natijasida oddiy holatlarda ham javobgarlikka tortilgan. Mazkur norma bugungi kun talabiga javob bermagani sababli qayta ko‘rib chiqilyapti. Uning qaysi ko‘rinishda bo‘lishini parlament hal qiladi”, — deydi Ruslanbek Davletov.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vaziri soqol va hijob mavzusidagi bahslarga munosabat bildirdi (video)