08:03 / 28.07.2018
5 872

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev ishdan olindi

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev ishdan olindi
26 iyul kuni Samarqand viloyati hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev viloyat hokimligidagi manbalarga asoslanib ma’lum qildi.

Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan, jinoyat ishida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xojaqulov va hokim yordamchisi Botir Xojaqulov ham hibsga olinganligi bildirilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev ishdan olindi