21:05 / 28.07.2018
8 689

Ravshan Ibragimov: “Fuqarolarni chet elga jo‘natadigan xususiy agentliklar ochiladi”

Ravshan Ibragimov: “Fuqarolarni chet elga jo‘natadigan xususiy agentliklar ochiladi”
Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasida Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi direktori Ravshan Ibragimov bu haqida ma’lumot berdi:

“Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida xususiy sektorga keng yo‘l ochib berildi. Shu paytgacha faqat Mehnat vazirligi qoshidagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi monopol faoliyat olib borardi. Endilikda fuqarolarimizni chet elga ishga jo‘natadigan xususiy agentliklar tashkil qilishga ruxsat beriladi. Bunda fismoniy va yuridik shaxslar litsenziya asosida qonuniy faoliyat olib borishlari mumkin. Ushbu yangilikning joriy etilishi fuqarolarimizni firibgarlar tuzog‘iga tushib aldanib qolishlaridan saqlaydi, ularga qonuniy mehnat qilish huquqini taqdim etishga xizmat qiladi. Odam savdosi domiga tushib qolganlarni muhofazalash borasida yana bir qator ishlarni amalga oshiryapmiz. Bulardan biri agentligimiz qoshida jamg‘arma tashkil qilinib, davlat byudjetidan 200 mlrd. so‘m ajratildi. Ushbu mablag‘ ishchilar malakasini oshirishga, sug‘urta, sog‘liqni saqlash, aviabilet xarajatlariga sarflanadi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ravshan Ibragimov: “Fuqarolarni chet elga jo‘natadigan xususiy agentliklar ochiladi”