18:26 / 30.07.2018
5 994

Bozorlardagi narx-navolar: Guruch Urganchda 3 ming so‘m, Toshkentda 12 ming so‘m, ...

Bozorlardagi narx-navolar: Guruch Urganchda 3 ming so‘m, Toshkentda 12 ming so‘m, ...
O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi mamlakatimiz bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlarining yangi narx-navolarni e’lon qildi.

Federatsiya onlayn tarzda mamlakatimiz bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarni tahlil qilmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur ma’lumotlar ishonchli manbalar asosida tuzilgan, deyish mumkin.

Shakarning bir kilogrammi bozorlada 5500-4500 so‘mdan sotilmoqda. Eng qimmati – Yangi shahar (Andijon), Jizzax shahar markaziy dehqon bozorlarida bo‘lsa, Qo‘yliq, Farhod dehqon bozorlari (Toshkent) arzon narxlar qayd etilgan.

O‘simlik yog‘ining bir kilogrammi 8-12 ming so‘m. Arzoni Nukus, Termiz shahar markaziy dehqon bozorlarida bo‘lsa, Jizzax va poytaxtimizdagi Farhod dehqon bozorlarida qimmat narxlar kuzatilgan.

Birinchi navli un 1500-4000 so‘m
gacha sotilmoqda. Termiz shahar markaziy dehqon bozorida 1500, Yangi shahar bozorida 3500, Chorsu dehqon bozorida 4 ming so‘m.

Makaron 1,500-6000 so‘mgacha. Jizzax va Buxoro shahar markaziy dehqon bozorlarida 6 ming so‘m. Namangan shahri Sardoba dehqon bozorida 2700 so‘m, Yangi shahar (Andijon) dehqon bozorida 1,500 so‘m.

Tovuq go‘shti 8-19 ming so‘m. Eng qimmati Yangi shahar bozorida (Andijon), Mirobod va Yunusobod (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida 19 ming so‘m. Buxoro shahar markaziy dehqon bozorida 8 ming so‘m.

Tuxum 200-650. Toshkent shahri bozorlari – Mirobod dehqon bozorida 650 so‘m, Yunusobodda 600 so‘m. Qo‘yliqda 200 so‘m.

Guruch 3 – 12 ming so‘m.
Urganch (Xorazm) va Farhod (Toshkent) dehqon bozorlarida eng arzoni – 3000 –3300 so‘mgacha. Eng qimmatlari Nukus shahar markaziy bozori va Mirobod dehqon bozorida – 12000 so‘m.

Kartoshka 700 – 3000 so‘m. Termiz shahar va «Siyob» (Samarqand) bozorlarida eng arzoni bo‘lsa, Guliston shahri markaziy dehqon bozori va Farhod (Toshkent shahri) dehqon bozorida qimmat narxlar qayd etilmoqda.

Piyoz 450-2000 so‘m. Nukus shahar markaziy dehqon bozorida eng yuqori narxda sotilayotgan bo‘lsa, Yunusobod va Qo‘yliq (Toshkent shahri) dehqon bozorlarida arzon narxlarda xaridorlarga yetkazib berilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bozorlardagi narx-navolar: Guruch Urganchda 3 ming so‘m, Toshkentda 12 ming so‘m, ...