Foto: «iibb.uz»
Toshkentda tungi vaqtlarda moto va avtotransport vositalarida poyga uyushtirayotgan huquqbuzlarga qarshi kurash davom etmoqda.
29 iyuldan 30 iyulga o‘tar kechasi YPX tungi patrullash guruhi xodimlari tomonidan aholi tinchiligini buzib, ularning noroziligiga sabab bo‘layotgan ushbu toifa haydovchilardan yana biri nechtasi aniqlandi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB.
Bir kechada shahar bo‘yicha avto-mototransport vositalari haydovchilari tomonidan jami 487 ta qoidabuzarlik qayd etildi.
YPX xodimlari tezlikni oshirib harakatlanayotgan 22 nafar haydovchini to‘xtatishgan, ulardan 12 nafari mototsiklchilardir. Shundan 3 kishi mast holda mashina boshqargani ma’lum bo‘ldi.
Bundan tashqari, 6 nafar mototsiklchining hujjatlari yo‘qligi, 2 nafari shlemsiz ekani, 4 nafarida davlat raqam belgisi standartga mos emasligi aniqlandi. Umumiy hisobda 24 nafar haydovchining tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqargani, 33 nafari svetofor qizil chirog‘i va yo‘l belgilariga bo‘ysunmagani, 214 nafari xavfsizlik kamari taqmaganligi qayd etildi. Ularning barchasiga nisbatan ma’muriy bayonnomalar tuzildi. Transport vositalari esa jarima maydoniga qo‘yildi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi