08:01 / 01.08.2018
9 404

Buxoroda mehmonxonasini fohishaxonaga aylantirgan ayol fosh bo‘ldi (foto)

Buxoroda mehmonxonasini fohishaxonaga aylantirgan ayol fosh bo‘ldi (foto)
Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasining tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirlar davomida o‘zining mehmonxonasini fohishaxonaga aylantirgan 51 yoshli ayol qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida Buxoro shahar Sallaxona ko‘chasi 8-uyda yashovchi 1967 yilda tug‘ilgan, “Umid travel” mehmonxonasining rahbari Muhabbat Jo‘rayeva tekin boylik orttirish maqsadida ushbu mehmonxonaning 1-xonasida Jondor tumanida yashovchi fuqarolar o‘zaro jinsiy yaqinlikda bo‘lishlari uchun alohida joy va sharoit yaratib bergan. Buning evaziga fuqarolardan 150 000 so‘m naqd olib fohishaxona tashkil qilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan M.Jo‘rayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda mehmonxonasini fohishaxonaga aylantirgan ayol fosh bo‘ldi (foto)