11:43 / 01.08.2018
4 649

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Rahmonov Sharof Diyorovich Toshkent shahar hokimining investitsiyalar, innovatsiyalar, sanoatni, turizmni rivojlantirish va xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Sharof Rahmonov 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent tdavlat iqtisodiyot universiteti (kunduzgi), 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi (magistratura)ni bitirgan.

Turli yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida, O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasida, «O‘zmarkazimpeks», «O‘ztadbirkoreksport» kompaniyalarida ishlagan.

2017−2018 yillarda Tashqi savdo vazirligining «Uztreyd» kompaniyasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchisi, 2018 yilda National Export Company ÿzbek-germaniya qo‘shma korxonasi bosh direktori bÿlib ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi