12:45 / 01.08.2018
4 975

1391 nafar abituriyent bugun test sinovlariga kelmadi

1391 nafar abituriyent bugun test sinovlariga kelmadi
Foto: "Gazeta.uz"
Bugun Toshkent shahri respublikadagi barcha viloyatlar oliy ta’lim muassasalarida test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Test sinovlari materiallari Feldegerlik xizmati, «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi, Ichki ishlar vazirligi va boshqa vakolatli organlar tomonidan, ularning maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda 31 iyul kuni respublikaning barcha hududlariga yetkazildi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov "Gazeta.uz"ga xabar berdi.

1 avgust kuni ertalab soat 6:00 ga qadar barcha oliy ta’lim muassasalariga test materiallari tarqatildi.

Test sinovlari barcha oliy ta’lim muassasalarida bir vaqtda 8:00 dan boshlandi. Test sinovlarida 15 ta oliy ta’lim muassasalarining 50 ta ta’lim yo‘nalishida 30 ming 690 nafar abituriyent ishtirok etmoqda.

Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, 1391 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlarini o‘tkazishga ta’lim muassasalaridan 1681 nafar binolar rahbarlari guruhlar kuzatuvchilari jalb etildi.

Ularning hammasi test sinovlari o‘tkazish tartib-qoidalari va texnologiyasi bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan.

Test sinovlari o‘tkaziladigan 59 ta binoda yong‘in va xavfsizlik choralari ko‘rildi.

Abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan barcha auditoriyalarda ichimlik suvi tashkil etilgan.

Har bir test sinovlari o‘tadigan binoda tibbiyot xodimlarining navbatchiligi tashkil etilgan.

Test sinovlari o‘tadigan binolarga yaqin joylashgan mahallalar faollari bu yil tizim mutlaqo boshqachiligini chuqur anglab, o‘zlari tashabbuslar ko‘rsatib abituriyentlar ota-onalarini yuqori kayfiyatda kutib oldi. Ular uchun salqin joylarda joylar tashkil qilindi.

Ichki ishlar tizimidan 4 963 ta shaxsiy tarkib xodimlari, 1206 ta aloqa vositalari, 694 ta metallodetektorlar, 289 ta transport vositalari test sinovlari jarayoni xavfsiz o‘tishiga jalb qilingan.

Barcha test sinovlari o‘tadigan binolarda birinchi smenada test sinovlari soat 11:00 da yakunlanadi. Ikkinchi smena 15.00da boshlanadi.

Shu kunning o‘zida test sinovlari natijalari Davlat feld’egerlik xizmati tomonidan maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda Davlat test markaziga qaytariladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1391 nafar abituriyent bugun test sinovlariga kelmadi