08:31 / 02.08.2018
4 288

O‘zbekistonga katta investitsiya kiritgan xorijliklarga «Faxriy fuqaro» unvoni beriladi

O‘zbekistonga katta investitsiya kiritgan xorijliklarga «Faxriy fuqaro» unvoni beriladi
O‘zbekiston iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga katta miqdorda investitsiya kiritgan chet el fuqarolariga «Faxriy fuqaro» unvoni beriladi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev imzolagan «O‘zbekiston Respublikasida investitsion muhitni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonda aytib o‘tilgan.

Farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga ushbu unvonni berish tartibini joriy etish bo‘yicha takliflar kiritish vazifasi topshirilgan.

Shuningdek, agar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga mamlakatda o‘rnatilgan eng kam oylik ish haqining kamida 8500 baravari miqdorida investitsiyani xo‘jalik jamiyatlarining aksiya va ulushlarini sotib olish, shuningdek xorijiy korxona tashkil qilish shaklida kiritsa, ko‘p martalik uch yillik vizalarni ularning amal qilish muddatini O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqmagan holda cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan olish huquqi berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonga katta investitsiya kiritgan xorijliklarga «Faxriy fuqaro» unvoni beriladi