10:27 / 02.08.2018
7 133

Toshkent shahar hokimi Turkiya kanaliga turk tilida intervyu berdi (video)

Toshkent shahar hokimi Turkiya kanaliga turk tilida intervyu berdi (video)
Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimida 2018 yil apreldan buyon faoliyat olib borayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev ayni damda Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi. Ta’bir joiz bo‘lsa, Ortiqxo‘jayev ilk bor hokim o‘laroq Turkiyaga tashrif buyurmoqda. Aslida u Turkiyaga tez-tez qatnaydi. Norasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Ortiqxo‘jayevning Turkiyada bir necha xususiy shirkatlari mavjud, hozirda amaliy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif tafsilotlari Turkiya OAVda keng yoritilmoqda. Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘z intervyusida Istanbulga tashrif davomida bir necha nomdor shirkatlar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgani, ularni O‘zbekistonda ish boshlashga taklif qilish uchun Turkiyaga kelganini aytadi.

Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev mahalliy OAVlarga turk tilida intervyu berdi.
Тошкент шахар хокими Ж. Ортиқхўжаев Туркияда – хоким города Ташкента Дж. Артикходжаев в Турции

Тошкент шахар хокими вазифасини бажарувчи Ж. Ортиқхўжаев ҳозирда амалий ташриф билан Туркия Республикасида бўлиб турибди. Ташриф тафсилотлари Туркия ОАВда кенг ёритилмоқда. Тошкент шаҳар ҳокимлиги Матбуот хизмати _______________________________________________________ В настоящее время и.о. хокима города Ташкента Дж. Артыкходжаев находится с рабочим визитом в Турции. Данный визит широко освещается турецкими СМИ. Пресс-служба хокимията города Ташкента

Опубликовано Toshkent Shahar hokimligi/Хокимият города Ташкента Cреда, 1 августа 2018 г.


Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimi Turkiya kanaliga turk tilida intervyu berdi (video)