11:27 / 03.08.2018
4 537

Test sinovlarining ikkinchi kuni: 1219 nafar abituriyent kelmadi, 486 nafari esa chetlashtirildi

Test sinovlarining ikkinchi kuni: 1219 nafar abituriyent kelmadi, 486 nafari esa chetlashtirildi
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining ikkinchi kuni - 2 avgustda o‘tkazildi va to‘liq yakunlandi. Bu haqida bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Test sinovlarida 25 ta oliy ta’lim muassasalarining 63 ta ta’lim yo‘nalishida 57 ming 849 nafar abituriyent ishtirok etdi, turli sabablarga ko‘ra 1219 nafar abituriyent test sinovlariga kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 486 nafar abituriyent, shundan 251 nafari hududga kirish joyida uyali telefon, shpargalkalar olib kirishga va o‘zgani o‘rniga kirishga uringanligi uchun, 235 nafari bino ichida shpargalkadan foydalanishga va boshqa abituriyentlarga yordam berishga uringanligi uchun test sinovlaridan chetlashtirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test sinovlarining ikkinchi kuni: 1219 nafar abituriyent kelmadi, 486 nafari esa chetlashtirildi