Pensionerlar uchun ID-karta joriy etiladi
Pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsini tasdiqlash hamda naqd pul shaklidagi to‘lovlarni avtomatlashtirish maqsadida pensionerlarning elektron guvohnomasi (ID-card)ni joriy qilish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi ma’lum qildi.
Shuningdek, 2018 yil yakuniga qadar korxonalar pencionerni ishga qabul qilgani to‘g‘risida Pensiya jamg‘armasiga faqat elektron shaklda xabar yuborish imkoniyatini yaratish orqali qog‘oz shaklida ma’lumot almashinuvidan butkul voz kechish rejalashtirilgan: amaldagi qonunchilik talablariga asosan pensioner ishga qabul qilinganda korxona rahbari 5 kun ichida Pensiya jamg‘armasiga buyruq nusxasini taqdim etishi va ish joyidan pensiya to‘lovini amalga oshirishi shart.
Bundan tashqari, 2018-2019 yillarda «Elektron hukumat», Sug‘urta badali to‘lovchilarning shaxsiy hisobini yuritish bazasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lumotlar bazasi bilan axborot almashinuvlari yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida masofaviy tarzda (jamg‘armaga kelmasdan) ariza berish orqali pensiya va nafaqalarni tayinlash imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi