17:44 / 05.08.2018
7 868

Test sinovlarining 3 avgust kungi natijalari e’lon qilindi

Test sinovlarining 3 avgust kungi natijalari e’lon qilindi
Respublika oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari, ya’ni, test sinovlarining uchinchi kun – 3 avgust natijalari bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi.

Belgilab qo‘yildiki, test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 17 ta oliy ta’lim muassasalarining 89 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 58 276 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 535 nafar abituriyent kelmadi.

Tartib qoidalarini buzganligi sababli 144 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 419 nafar o‘qituvchi jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish balli – 172,3, O‘zbekiston milliy universitetining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi;

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish balli – 153,4, O‘zbekiston milliy universitetining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish balli:
davlat granti – 120,8;
to‘lov-kontrakt – 99,6.

Test sinovlari natijalari www.dtm.uz/page/test_result saytida e’lon qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Test sinovlarining 3 avgust kungi natijalari e’lon qilindi