16:57 / 06.08.2018
8 022

24 yoshli ayol o‘z buvisini o‘ldirib, hovliga ko‘mib tashladi (video)

24 yoshli ayol o‘z buvisini o‘ldirib, hovliga ko‘mib tashladi (video)
Bosh prokuratura huzuridagi Multimedia markazi Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanida yuz bergan qotillik tafsilotlari haqida lavha e’lon qildi.

Quyi Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limiga 24 yoshli Zera Gaziyeva ariza bilan murojaat qilib, o‘zi bilan birga yashab kelayotgan buvisi Sultaniya Gaziyevani qasddan o‘ldirganini ma’lum qilgan.

Lavhada aytilishicha, ota-onasi ajrashib ketganidan so‘ng, Zera va uning singlisi buvisining qaramog‘ida qoladi. Onasi ham kasallik sabab olamdan o‘tadi. Bolalarni ulg‘aytirishni zimmasiga olgan ayol ularni boqa olmaganini ro‘kach qilib, mehribonlik uyiga topshirib yuboradi. Zera bilan singlisi ulg‘ayib, 14-15 yoshga kirib qolganida buvisi ularni mehribonlik uyidan olib keladi va yana birga yashay boshlaydi. Zeraning o‘gay bobosi tomonidan zo‘rlanib, xo‘rlanishiga hech kim e’tibor bermaydi. Vaqt o‘tib Zera birinchi turmushidan bir nafar farzandi bilan ajrashib, yana buvisi bilan yashay boshlaydi. U o‘rta chirchiqlik Jasur Azamatov bilan tanishib, nikohsiz hayot kechira boshlaydi. Orada Jasurdan farzandli ham bo‘ladi.

Zera buvisi Sultaniya bilan tez-tez janjallashib turgan. Qotillik sodir etilgan kunda ichkilik ichib, mast bo‘lib, buvisidan ota-onasi haqida so‘raydi. Sultaniya tomonidan otasining haqorat qilinishi uning g‘azabini qo‘zg‘aydi. Qiz buvisidan qasd olishni maqsad qiladi. Jasur bilan oldindan jinoiy til biriktirib, qurt-qumursqalarni zaharlash uchun mo‘ljallangan doridan choy damlab, Sultaniya Gaziyevaga limon kislotali choy deb, aldab ichiradi.

Buvisi sog‘lig‘i yomonlashib, o‘zini himoya qila olmaydigan darajaga kelganidan so‘ng Zera yostiq bilan uning yuziga bosib turadi. Bu ham yetmagandek, Jasurga arqon olib kelishni buyurib, ayolni bo‘g‘ib o‘ldiradi. Jasadni esa hovliga ko‘mib tashlaydi. Buvisini o‘ldirgani Zera Gaziyevaga tinchlik bermay, ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilgan.

Hozirda Zera Gaziyeva va Jasur Azamatovlarga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Болаликдаги нафратнинг инъикоси”

24 ёшли Зера Газиева ўз бувисининг қотилига айланди

Опубликовано O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Суббота, 4 августа 2018 г.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 24 yoshli ayol o‘z buvisini o‘ldirib, hovliga ko‘mib tashladi (video)