22:13 / 06.08.2018
5 040

IIBB Internetdagi video haqida: haydovchilarga choralar ko‘rilmoqda (video)

IIBB Internetdagi video haqida: haydovchilarga choralar ko‘rilmoqda (video)
Foto: Kun.uz
Internet tarmog‘ida 15 ta avtomobilning yo‘l harakati qoidasini buzgan holda yo‘lning qarama-qarshi tomonidan harakatlangani aks etgan videoregistrator tasviri joylashtirilgan edi. Surishtiruv natijasiga ko‘ra, ushbu holat Toshkentning Baynalmilal ko‘chasida sodir bo‘lgani aniqlandi.

Gazeta.uz sayti ham shunga o‘xshash yana bir videolavhani chop etgan va unda ham 10 ta avtomobilning ayni qoidani buzgani muhrlangan, deb xabar bermoqda poytaxt IIBB.

Ayni vaqtda Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan ushbu videolavhadagi qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, tasvirdagi avtomobil haydovchilarining shaxsi aniqlanib, ularning manzillariga qoidabuzarlik haqidagi bayonnomalar yuborilmoqda. Hozirga qadar 15 nafar haydovchiga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, 4 va undan ortiq polosali ikki tomonlama harakat tashkil etilgan yo‘llarda qarama qarshi tomonga o‘tish taqiqlanadi. Ushbu qoidani buzgan shaxslarga nisbatan EKIH 10 baravari miqdorida jarima belgilanadi. Mazkur qoidabuzarlik ma’muriy chora ko‘rilganidan keyin bir yil davomida qayta sodir etilsa, EKIHning 20 baravari miqdorida jarima yoki bir yilgacha transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB Internetdagi video haqida: haydovchilarga choralar ko‘rilmoqda (video)