09:02 / 07.08.2018
5 146

Qozog‘istonlik o‘zbek bilan suhbat (video)

Qozog‘istonlik o‘zbek bilan suhbat (video)
Bir millatning tili yo‘qolsa, bu degani, uning madaniyati ham, ma’naviyati ham yo‘qolgan holda tafakkuri o‘zgaradi, deydi qozog‘istonlik o‘zbek millatiga mansub Ikrom Hoshimjonov.

Kun.uz nashri iyun oyida Qozog‘istonda yashab kelayotgan o‘zbek millatiga mansub qozog‘istonlik «Do‘stlik» o‘zbek etnomadaniy birlashmalari assosiatsiyasi raisi Ikrom Hoshimjonov bilan suhbatlashdi. Ushbu suhbat davomida Hoshimjonov Qozog‘istonda tug‘ilib o‘sgan, shu bilan birga o‘zbek tili va madaniyatini unutmagan o‘zbeklar haqida so‘zlab berdi.

Har xil millat va elatlarning bir bayroq ostida ahil yashab kelayotganiga Ikrom Hoshimjonov shunday deb izoh berdi:

«Har bir davlat mustaqillikka erishgandan so‘ng, davlat rahbarlarining oldida yagona maqsad bo‘ladi: xalqini ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy tanazzulga uchratmasdan, xalqni yorqin yo‘lga olib chiqish. Mana shu yo‘lga olib chiqishning eng avvalgi bosqichi - har bir davlatdagi millatlararo bo‘ladigan to‘qnashuv, nizolarning oldini olish.

Shunday qilib, prezident Nursulton Abishevich Nazarboyev 1995 yil 1 mart kuni prezident devoni huzurida maslahat organini tuzish taklifini bildirdi.

Bu organ amaliyotda yaxshi samara bergandan so‘ng, unga konstitutsion maqom berildi».
Ma’lum qilinishicha, o‘zbek millati butun Qozog‘istonda aholi soni bo‘yicha uchinchi o‘rin, Janubiy Qozog‘istonda esa ikkinchi o‘rinda qayd etiladi.

«Har bir millatning tili, madaniyati va an’analarini unut bo‘lmasligi uchun turli etno birlashmalar faoliyat yuritmoqda. Bir millatning tili yo‘qolsa, bu degani, uning madaniyati ham, ma’naviyati ham yo‘qolgan holda tafakkuri o‘zgaradi.

Zero shunday ekan, bizning, qozog‘istonlik o‘zbeklar o‘z ona tilini sof va toza saqlab qolishgan. Bizning milliy urf-odatimiz ham saqlanib qolgan», deb qo‘shimcha qiladi u.

Suhbatni to‘liq tarzda tomosha qilish uchun quyidagi havolaga bosing. ​


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonlik o‘zbek bilan suhbat (video)