21:04 / 07.08.2018
6 004

Toshkentda o‘q otar qurolni sotishga uringan ayol qo‘lga olindi

Toshkentda o‘q otar qurolni sotishga uringan ayol qo‘lga olindi
Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan tezkor ma’lumotni o‘rganish asnosida jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida yashovchi Y.Zulfiya ismli shaxs uyini ta’mirlash vaqtida yerto‘ladan topib olgan 1921 yilga oid “Nagan” to‘pponchasini 500 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu holat bo‘yicha IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida 49 yoshli ushbu ayolni jinoyat sodir etishga nima majburlagani, uning sabab va omillariga aniqlik kiritiladi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘q otar qurolni sotishga uringan ayol qo‘lga olindi