23:00 / 07.08.2018
7 424

6 avgust uchun test natijalari e’lon qilindi

6 avgust uchun test natijalari e’lon qilindi
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining oltinchi kuni – 6 avgust natijalari quyidagicha qayd etildi.

Test sinovlari 16 ta oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 57 832 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 208,2.

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 150,6 ni tashkil qildi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 112,6;

to‘lov-kontrakt – 86,4 ni tashkil qildi.

Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali:

davlat granti bo‘yicha – 208,2 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudensiya» (o‘zbek) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

to‘lov-kontrakt bo‘yicha – 150,6 ball, Qoraqalpoq davlat universitetining «Yurisprudensiya» (qoraqalpoq) ta’lim yo‘nalishida qayd etildi.

Test sinovlari natijalarini Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb sahifasidan olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 6 avgust uchun test natijalari e’lon qilindi