21:07 / 08.08.2018
8 464

7 avgust kungi test sinovlarining natijalari e’lon qilinmoqda

7 avgust kungi test sinovlarining natijalari e’lon qilinmoqda
Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining yettinchi kuni – 7 avgust natijalari haqida ma’lumot berildi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57ta binoda 16ta oliy ta’lim muassasalarining 76ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 57 799 nafar abituriyent ishtirok etdi. Test sinovlariga 1 452 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 64 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 419 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 168,7 ball, Buxoro davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishi;

to‘lov-kontrakt – 152,6 ball, Farg‘ona davlat «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti – 109,4 ball;
to‘lov-kontrakt – 85,6 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining https://results2018.dtm.uz/ saytida 2018 yil 8 avgust kuni soat 17.30 da e’lon qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 7 avgust kungi test sinovlarining natijalari e’lon qilinmoqda