Banan mevasini sevib iste’mol qiluvchilar uning qanday gullashini biladimi?

  • 08 avgust 2018, 23:20
  • 3 681
  • Jamiyat
  • Banan mevasini sevib iste’mol qiluvchilar uning qanday gullashini biladimi?
    Bananlar mana shunday gullar ekan. Bizning fikrimizcha, iste’molchilar orasida uning qanday gullashini ko‘rmaganlar juda ko‘p bo‘lsa kerak.

    Bananning 20 xil foydasi:

    1. Banan depressiyadan qutilishga yordam beruvchi — triptofana, serotonin va quvonch garmonini chiqaruvchi moddalarga juda boy. Shu sababli banan yeb kayfiyatni ko‘tarish oson.

    2. Banan hatto kichik yoshdagi iste’molchilarga ham allergiya bermaydigan mevalar turiga mansub.

    3. Banan iste’moli, organizmda kalsiyni ushlab qolishda va suyaklarni mustahkamlashda yordam beradi. Qahvaxo‘rlarga, ko‘proq banan yeyish tavsiya qilinadi (Qahva organizmdan kalsiyni haydash xususiyatiga ega).

    4. Banan tarkibida fermentlar bo‘lganligi sababli, ichak mikrofloralarini kuchaytiradi, ovqat bilan tez hazm bo‘lib organizmga tez singib ketadi.

    5. Qavziyatdan ozor chekuvchilarga banan iste’moli juda foydali.

    6. Banan jig‘ildon muammolaridan qutilishda ham yordam beradi.

    7. Banan iste’moli oshqozon devorlarini tozalab, oshqozonni, ovqatdan chiquvchi kislotalar agressiyasidan himoyalaydi va oshqozon yarasini davolashda yordam beradi.

    8. Diareyadan aziyat chekadiganlar banan yeyish bilan shikastlangan hujayralarni qayta tiklashga erishadilar.

    9. Banan mevasining kaliyga boyligi, bilaklar qotib qolishi oldini oladi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilarga, bu mevani muntazam iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

    10. Shishish bilan kasallanganlar, banan iste’moli orqali darddan forig‘ bo‘lishlari ko‘p olimlar tomonidan ta’kidlangan.

    11. Energiya manbai. Jismoniy mashg‘ulot oldidan banan iste’mol qilinsa, mashg‘ulot juda samarali bo‘ladi. Organizmda qand miqdori sekin ko‘tarilib, shug‘ullanish ishtiyoqi mashg‘ulot oxirigacha davom etadi.

    12. Banan tarkibiga kiruvchi pektin va xelatlar, oshqozondan toksin va boshqa zararli moddalarni haydab, hazm jarayonini oshiradi.

    13. Ayol organizmiga zaruriy seratonin va boshqa foydali moddalar bananda mavjud bo‘lib, PMS simptonlarini bekor qiladi. Hayz paytida banan yeyish, yomon kayfiyat va yoqimsiz simptomlardan qutilishga yordam beradi.

    14. Anemiya (kam qonlik). Bananda temir moddasi ko‘pligi kam qonlikda juda kerakli iste’mol mahsuloti sanaladi.

    15. Bananda kaliy miqdori ko‘pligi, yurak bo‘g‘inlarini mustahkamlab, infarkt va insult xavfini kamaytiradi, gipertoniyani (yuqori qon bosimi) davolaydi.

    16. Banan tarkibida antioksidiant va aminokislota mavjudligi organizmni himoya qilib immunitetini oshiradi.

    17. Banan buyrak faoliyatini yaxshilovchi, mikroelementlar va vitaminlarga boy meva sanalib, qum va toshlarni quvishda foydali.

    18. Uzok yo‘llarda, taksikozlikda va homiladorlik davridagi ko‘ngil aynishidan qutqaruvchi ajoyib meva.

    19. Banan qirindisi hashoratlar chaqqanda, juda yaxshi himoyalovchi vosita. Banan po‘stining ichki qirindisi, hashorat chaqqan joyga bir necha daqiqaga qo‘yilsa, zahar zararsizlanadi.

    20. Bananda tana haroratini pasaytirish xususiyati mavjud. Bu o‘ta issiq havodan juda yaxshi himoyadir.

    Manba: Hordiq.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Banan mevasini sevib iste’mol qiluvchilar uning qanday gullashini biladimi?