15:18 / 10.08.2018
13 137

O‘zbekiston bayrog‘ini ringda ko‘targan ba’zi jangchilar butun mamlakatni sharmanda qilmoqda

O‘zbekiston bayrog‘ini ringda ko‘targan ba’zi jangchilar butun mamlakatni sharmanda qilmoqda
So‘nggi uch oy ichida O‘zbekistonda ikkita hodisa sodir bo‘ldi. Har ikkalasi ham aralash yakkakurash sport turi bo‘yicha jangchilar bilan bog‘liq.

Avvalroq, aralash yakkakurash sport turi bo‘yicha jahon chempioni Murod Xonto‘rayev Toshkent shahar prokuraturasi iltimosiga ko‘ra qamoqqa olingani xabar berilgandi. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b», «v» bandlarida (Bezorilik: a) badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazib: b) bir guruh shaxslar tomonidan;) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Murod Xonto‘rayev bir qator shaxslar bilan birgalikda 21 iyunga o‘tar kechasi Yunusoboddagi tungi klublardan birida jamoat joyida yurish-turish qoidalarini buzgan, tartibsizlik qilgan. Uning o‘zi tan jarohati (ko‘kragiga pichoq bilan zarba berilgan) bilan Yunusoboddagi 7-kasalxona (sobiq 17-shahar kasalxonasi)ga yotqizilgan, keyingi kuni militsiya tomonidan olib ketilgan.

Oradan deyarli bir yarim oy o‘tib, 9 avgustga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan Aurum 898 tungi klubida pichoqbozlik ro‘y berdi.

Hodisa oqibatida erkin kurashchi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamshid Kenjayev vafot etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Jamshid Kenjayev tungi klubi qo‘riqchilari bilan o‘zaro janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan ularning ikki nafariga tan jarohatlari yetkazgan. Shundan so‘ng voqea joyida bo‘lgan «Aurum» tungi klubida qo‘riqlovchi yordamchi Sh.Qilichov Kenjayevning qo‘lidan oshxona pichog‘ini tortib olib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Jamshid Kenjayev Yunusobod tumanidagi 7-sonli ShKShga yotqizilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilsa-da, yetkazilgan tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Shu o‘rinda, bir qator savollar paydo bo‘ladi.

Birinchidan, jangchilar ruhiy barqarorlikka tayyorlanadimi. Katta ehtimol bilan, ularni «kuch bor – aql kerak emas» prinsipi bo‘yicha tayyorlashadi, mushaklar barcha muammolarni hal qiladi.

Ikkinchidan, bu faktlar ommaviy axborot vositalarida rasman e’lon qilindi. O‘z navbatida, bu kabi hodisalar haqida o‘z vaqtida xabar berib turgan tegishli huquq-tartibot idoralariga rahmat.

Ishonavering, bunday hodisalar viloyatlarda ham tez-tez yuz berib turadi. Ba’zan qandaydir «razborka»lar haqida etishib qolamiz – boks bo‘yicha mahalliy chempion kimnidir kaltaklagani yoki mushtlashuvda qatnashgani haqida. Shu bilan birga, viloyat IIB ba’zi vakillari o‘z kursilarini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqib, sukut saqlashni afzal ko‘rishadi.

Uchinchidan, barcha jangchilarni ichki ishlar organlarining maxsus hisobiga olish vaqti keldi. Ular oddiy odamlar kabi o‘zlarini tuta olmasalar, boshqa yana qilish kerak?! Bundan tashqari, har qanday holatda, professional jangchi bilan duch kelgan kishi, eng kamida, tan jarohati oladi. Hamma ham kuniga 8-10 soat davomida sport bilan shug‘ullana olmaydi. Ko‘pchilik kundalik ishlar bilan shug‘ullanadi, tirikchilik qiladi va oilasiga qaraydi.

To‘rtinchidan, bu sharmandalik. Xabarlar MDHning barcha davlatlariga tarqab ketdi. Ertaga ular butun dunyo o‘qiydi. Kecha ular O‘zbekiston bayrog‘ini g‘urur bilan ko‘targan bo‘lsa, bugun biri pichoqbozlik qilmoqda, ikkinchisi bezorilik bilan band.

Ba’zi jangchilar qachongacha o‘zini shu tarzda tutishi esa, hozircha javobi yo‘q savolga aylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston bayrog‘ini ringda ko‘targan ba’zi jangchilar butun mamlakatni sharmanda qilmoqda