Savol:
«Go’zal qizlar va yigitlar! 333ga qo’ng’iroq qiling! Qo’ng’iroqlar BEPUL! Tanishing va gaplashing! 1chi 3 kun BEPUL! Kuniga ATIGI 673,6 so’m. Ma’l +998712004555»
Telefon kompaniyalari taklif qilayotgan bunday xizmat turlari yoshlarni fahshga boshlamaydimi?
Javob:
Bu shahvatlariga ergashgan va odamlarni ham o‘zlaridek buzuqi bo‘lishini istaydigan kishilarning manfur ishlaridandir. Alloh taolo «Niso» surasining 27-oyatida «Alloh sizning tavbangizni qabul qilishni xohlaydir. Shahvatlariga ergashadiganlar esa, ulkan og‘ishga (buzilishga) moyil bo‘lishingizni xohlarlar», deydi. Bundaylarning holi qanday bo‘lishini esa «Nur» surasining 19-oyatida bayon qiladi: «Albatta, iymon keltirganlar ichida fohisha-fahsh tarqalishini yaxshi ko‘radiganlarga bu dunyoyu oxiratda alamli azob bordir. Alloh biladir, sizlar bilmassizlar».
Mo‘min kishi o‘zi solih amallar qiladi va uni boshqalarga ham ilinadi. Munkar va yomon ishlardan ehtiyot bo‘ladi va boshqalarni ulardan ogohlantiradi. Begona yigit va qizlarni nomashru’ va noqonuniy tanishuv va so‘zlashuvga chorlash esa, odamlar orasida gunoh va fahshni yoyish sanaladi. Bunday ishni esa insoniyatni buzishni rejalagan fosiqlar amalga oshiradi.
Alloh yanada biluvchiroq.
Mubashshir Ahmad
Manba: azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?