13:00 / 11.08.2018
15 708

Tungi klubdagi pichoqbozlikning yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi (video)

Tungi klubdagi pichoqbozlikning yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi (video)
9 avgustga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yunusobod tumani hududida joylashgan «Aurum 898» tungi klubida ro‘y bergan, erkin kurash bo‘yicha professional sportchi Jamshid Kenjayev va klub qo‘riqchilari o‘rtasida kelib chiqqan pichoqbozlik videosi tarqaldi. Sportchining o‘limi bilan yakunlangan hodisa binodagi kuzatuv kameralari orqali yozib olingan.

Videoda ko‘rish mumkinki, binoga kirish eshigi oldida ziddiyat yuzaga kelgach, Jamshid Kenjayev qo‘riqchilardan biriga sovuq qurol bilan tashlangan. U ikki qo‘riqchini jarohatlagan, ammo boshqa qo‘riqchilar undan pichoqni tortib olib, uni o‘lasi qilib kaltaklashgan, sportchiga pichoq bilan 10 dan ortiq zarba berilgan. Kenjayev olingan og‘ir jarohatlar oqibatida shifoxonada jon bergan. Ayni vaqtda ikki qo‘riqchi, Sherali Ilyasov va Abdurasul Mirzayev ham shifoxonaga yotqizilgan.

Toshkent shahri IIBB axborotiga ko‘ra, janjalda ishtirok etgan qo‘riqchilarning 3 nafari - 29 yoshli Shodali Qilichev, 24 yoshli Saidazim va 26 yoshli Jahongir qo‘lga olingan.

Prokuratura matbuot xizmati xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi («Qasddan odam o‘ldirish») alomatlari bilan ish qo‘zg‘atilgan, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ish yuzasidan tergov harakatlari shahar prokuraturasining O‘ta og‘ir jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tomonidan olib borilmoqda.

Ayni vaqtda Yunusoboddagi tungi klub vaqtinchalikka yopib qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tungi klubdagi pichoqbozlikning yangi tafsilotlari paydo bo‘ldi (video)