«Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi

  • 12-08-2018, 07:15
  • 1 327
  • Jamiyat
  • «Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi
    2018 yilning 7-10 avgust kunlari Doha shahrida joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

    Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, «Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilingan. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

    Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston «Tolibon» bilan muzokaralar o‘tkazgani xabar qilingandi.

    » » «Tolibon» harakati delegatsiyasi O‘zbekistonga kelgani ma’lum bo‘ldi