17:38 / 12.08.2018
3 487

“Yandeks” yangiliklar agregatori UZ domenida ham ishga tushirildi

“Yandeks” yangiliklar agregatori UZ domenida ham ishga tushirildi
Rossiyaning “Yandeks” kompaniyasi yangiliklar agregatori – “Yandeks Novosti” UZ domenida ham ishga tushirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, “Yandeks Novosti” yangiliklarga avtomatik ishlov berish va tizimlashtirish xizmati hisoblanadi. Mazkur servis 2000 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Yangiliklar real vaqt rejimida tayyorlanadi. Ma’lumotlar hamkorlardan kelib tushadi va ular avtomatik ravishda syujetlar bo‘yicha guruhlashtiriladi. Shu asosda kunning axborot manzarasi shakllantiriladi.

Ushbu servis mualliflarining aytishicha, uning ishlash algoritmiga inson omili umuman ta’sir o‘tkazmaydi. Bu esa turli nuqtai-nazarlardagi syujetlarni shakllantirish imkonini beradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yandeks” yangiliklar agregatori UZ domenida ham ishga tushirildi