14:30 / 14.08.2018
5 881

IIBB internetdagi video yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, jinoyatchilar shaxsi aniq (video)

IIBB internetdagi video yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, jinoyatchilar shaxsi aniq (video)
Internet tarmog‘ida joylashtirilgan, «Spark» va «Jiguli» avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, hodisaning barcha ishtirokchilari shaxsi aniqlangan. Ayrimlari ushlandi va hozirda voqea yuzasidan ko‘rsatma bermoqda. Boshqarma matbuot markazi xabarida qayd etilishicha, hodisa sababli jabrlanganlar yo‘q.

Tergovga qadar olib borilayotgan tekshiruv ishlari natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasiga oydinlik kiritiladi.

Ma’lumot uchun:ushbu videoda Toshkentda «Spark» va «Jiguli» avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan bezorilik aks etgan. Unda noma’lum shaxslar erkakka o‘tkir tig‘li qurol bilan tahdid qilib, uni mashinaga majburan o‘tqazib, noma’lum tarafga olib ketgani ko‘rsatilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIBB internetdagi video yuzasidan tekshiruv olib borilmoqda, jinoyatchilar shaxsi aniq (video)