16:02 / 14.08.2018
8 107

Bundan buyon tungi klublar 23:00 da yopiladi

Bundan buyon tungi klublar 23:00 da yopiladi
Bundan buyon Toshkent tungi klublari 23:00gacha ishlaydigan bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Uznews nashri.

“UzNews.uz” muxbirining jurnalistik surishtiruv olib borishi natijasida Toshkentdagi barcha tunggi klub, kafe va restoran, ko‘ngilochar maskanlar soat 23:00dan so‘ng majburan yopib qo‘yilgani ma’lum bo‘lgan.

Tunggi klub, kafe va restoranlar yopilishi jarayonida fuqaro kiyimidagi huquq-tartibot idoralari xodimlari va Toshkent shahar IIBB xodimlari ishtirok etishgan.

Tonggi soat taxminan 3-4 gacha hamda 6 gacha ishlaydigan maskanlar o‘z mijozlariga soat 23:00 da yopilishayotganini aytib joyni tark etishlarini so‘rashgan.

Jurnalistik surishtiruv olib borgan “UzNews.uz” muxbiriga ko‘ra, SMI-bar, Chinzano, Aurum898, Shambala, The Time, Alis, Emir, Luxor, Dudek, Zero kabi tunggi klublar soat 23:00 dan keyin yopib qo‘yilgan.

Katta ehtimol bilan Jamshid Kenjayevning tunggi klub qo‘riqchilari tomonidan vahshiylarcha o‘ldirilgani ortidan, tunda faoliyat yuritadigan barcha maskanlar yopildi.

Bu haqda esa hozircha Bosh Prokuratura, Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar IIBB yoki Toshkent shahar hokimiyati tomonidan ham rasmiy ma’lumot berilmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bundan buyon tungi klublar 23:00 da yopiladi