16:50 / 14.08.2018
13 889

O‘qituvchilarga avtokreditlar beriladi

O‘qituvchilarga avtokreditlar beriladi
«Yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Qarorda hududiy, respublika va xalqaro fan olimpiadalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarni tayyorlagan pedagog kadrlarga eng kam ish haqining 5 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda bir martalik pul mukofoti berish tartibini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qarorda har yili qishloq va shaharlarda arzon uy-joylar qurish dasturlari asosida qurilayotgan uy-joylarning bir qismini xalq ta’limi tizimidagi pedagog xodimlarga 25 yil muddatga imtiyozli ipoteka krediti sifatida berish, «Har bir oila – tadbirkor» dasturi asosida pedagog xodimlarning oila a’zolariga imtiyozli kreditlar berish, avtotransport vositasi sotib olish va boshqa maqsadlar uchun kreditlar berish belgilandi.

Qarorda 2018-2020 yillarda pedagoglik kasbining yuksak ijtimoiy mavqei va obro‘sini targ‘ib qiluvchi «O‘qituvchi va murabbiylar xiyobonlari»ni tashkil etilishi belgilandi.

Qarorning yana bir o‘ziga xos jihati 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab umumta’lim maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablar, san’at va madaniyat maktab-internatlari, olimpiya zaxiralari maktab-internatlari hamda akademik litseylar bitiruvchilariga oltin va kumush medallarni berish tartibi joriy qilindi.

Tegishli vazirlik va idoralarga umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim sohasiga davlat-xususiy sheriklikni joriy etish, jahondagi oliy ta’lim muassasalarining reytingida 1000 talik ro‘yxatga kiradigan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini yoki fakultetlarini O‘zbekiston Respublikasida litsenziya olmasdan va boshqa imtiyozli shartlarda tashkil etish masalasini o‘rganib chiqib, ilg‘or xalqaro tajribalar asosida taklif kiritish topshirig‘i berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘qituvchilarga avtokreditlar beriladi