23:24 / 14.08.2018
3 835

"Turkiston bank" 65 mlrd so‘m qiymatidagi aksiyalarini sotuvga qo‘ydi

"Туркистон банк" 65 млрд сўм қийматидаги акцияларини сотувга қўйди
«Turkiston bank» 65 mlrd so‘m qiymatidagi aksiyalarini sotuvga qo‘ydi. Bu haqda korporativ axborotlar yagona portalida ma’lum qilingan.

Unga ko‘ra, bank har birining qiymati ming so‘m bo‘lgan 65 mln dona aksiyalarini sotuvga chiqargan.

Aksiyalar "ochiq obuna" (aksiyalarning erkin narxda chegaralanmagan miqdordagi mijozlar uchun sotuvga chiqarish. Yopiq obuna shaklida esa sotuv cheklangan, oldindan aniq bo‘lgan mijozlarga sotilishi tushuniladi).

Bank aksiyalar sotuvini 13 avgust kuni registratsiya qilgan.

Ma’lumot uchun, «Turkiston bank» O‘zbekiston bozorida 1998 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bank rasmiy saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, uning o‘z kapitali miqdori 26,5 mlrd. so‘mdan oshadi.

Manba: Xalq so‘zi

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Turkiston bank" 65 mlrd so‘m qiymatidagi aksiyalarini sotuvga qo‘ydi