22:53 / 20.08.2018
4 944

Endi Toshkentdagi do‘kon va restoranlar 23:00dan keyin ishlashi uchun ruxsatnoma sotib olishadi

Endi Toshkentdagi do‘kon va restoranlar 23:00dan keyin ishlashi uchun ruxsatnoma sotib olishadi
Toshkentdagi do‘kon va restoranlar alohida ruxsatnoma bilan soat 23:00dan keyin ham ishlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda prezidentning “ Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi farmoni ilovasida aytilgan.

Hujjat bilan shahar boshqaruv tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha 32 banddan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda.

Bandlardan birida soat 23:00dan keyin umumiy ovqatlanish va savdo nuqtalariga ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma olish tartibini joriy etishni nazarda tutilgan.

Ruxsatnoma alohida bir oylik to‘lov evaziga beriladi.

15 oktyabrga qadar bunday ruxsatnoma berish tartibini joriy etishni nazarda tutadigan hujjat qabul qilinadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi Toshkentdagi do‘kon va restoranlar 23:00dan keyin ishlashi uchun ruxsatnoma sotib olishadi