10:30 / 21.08.2018
5 245

IIV xodimlarga pora taklif qilingan holatlar haqida ma`lumot berdi

IIV xodimlarga pora taklif qilingan holatlar haqida ma`lumot berdi
Mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan ham poraxo'rlik va tamagirlik kabi salbiy illatlarga qarshi kurashish borasida bir qator chora-tadbirlar belgilangan, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Jumladan, joriy yilning iyul oyida Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi K.R. rahbariyat nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda fuqaro R.A. qonunga xilof ekanligini bila turib, javobgarlikdan qutulish maqsadida o'ziga nisbatan to'plangan ma`muriy hujjatlarni ro'yxatga olmaslik va “Tiko” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga pora taklif qilayotganligini ma`lum qilgan. O'tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro R.A. xodimga 195000 so'm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Shu kabi, fuqaro B.A. ham unga nisbatan to'plangan ma`muriy hujjatlar yuzasidan o'ziga qonunga xilof ravishda yengillik yaratish va “Spark” rusumli avtotransport vositasini jarima maydonidan chiqartirib berish evaziga Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimi D.L.ga 500000 so'm miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Shuningdek, Xorazm viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimi R.N. o'zining ish yurituvidagi O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan bo'lgan jinoyat ishi bo'yicha gumon qilinuvchi N.T. unga jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish evaziga pora taklif etayotganligini ma`lum qilib, yozgan bildirgisi asosida 2018 yilning avgust oyida o'tkazilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro N.T. xodimga 400 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Ichki ishlar vazirligi kelgusida ham fuqarolar tomonidan xodimlarga qonunga xilof ekanligini bila turib, pora taklif qilingan har bir holatga nisbatan qonunda belgilangan tartibda murosasiz kurash olib boradi”, - deyiladi IIV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV xodimlarga pora taklif qilingan holatlar haqida ma`lumot berdi