22:36 / 23.08.2018
6 076

Xorazmda koʻprik qulashi sababi aniqlandi (video)

Xorazmda koʻprik qulashi sababi aniqlandi (video)
14 avgust kuni soat 18:40 da Xorazmning Xonqa va Yangiariq tumanlarini bogʻlovchi avtomobil koʻprigi qulab tushgan edi.

Koʻprikdan kuniga 7000 ga yaqin avtomobil qatnagan.

Uzunligi 24 metr, eni 14 metr boʻlgan koʻprik qulashi vaqtida unda avtomobil yoʻllarini taʻmirlash boʻyicha Xonqa unitar korxonasining 12 nafar ishchilari boʻlgan. Ulardan 4 nafari yengil tan jarohati olgan, ogʻirroq tan jarohati olganlar shifoxonaga yetkazilgan.

Korxona masʻul xodimi koʻprikning qulash sababini hozirgi zamon talabiga javob bermasligi bilan izohladi. Uning ushbu voqea yuzasidan bergan intervyusini quyidagi havola orqali koʻrishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda koʻprik qulashi sababi aniqlandi (video)