23:03 / 23.08.2018
5 190

Repetitor ayoldan dars olish joizmi?

Repetitor ayoldan dars olish joizmi?
Savol:
Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar. Mening 15 va 16 yoshga toʻlgan oʻgʻillarim repetitordan dars olishyapti. Ustozlari ayol muallim. Uyimizda men va turmush oʻrtogʻim yoʻq paytlar ham boʻladi. Ayol muallimning oldiga 1 oʻgʻlim kirib, 1 xonada dars olishi joizmi? Yoki bunday paytda ularning oldilariga ikkinchi farzandim kirib oʻtirishi, yo shu xonaning eshigini ochib qoʻyib, boshqa xonada darsini tayyorlash bilan shugʻullanishi maqsadga muvofiqmi?

Javob:
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallam: “Ogoh boʻling! Kishi (oʻziga halol boʻlmagan) ayol bilan xoli qolmasin. Chunki ularning uchinchisi shayton boʻladi”, deganlar (Ahmad va Termiziy rivoyatlari). Shundan kelib chiqib, oʻgʻillaringiz ikkovi birgalikda dars olsa boʻladi. Chunki “xoli qolmasin”dagi xilvatdan murod, erkak ayol bilan uchinchi kishi kirib qolishi mumkinligidan xavotir olmaydigan joyda boʻlishi tushuniladi. Bunda repetitor ayolning shariat buyurgan darajada kiyingan boʻlishi shart qilinadi. Ammo ayrim ahli ilmlar begona erkaklarning bir ayol bilan xilvatda boʻlishini ham man etishgan.
Alloh yanada biluvchiroq.
Mubashshir AHMAD

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Repetitor ayoldan dars olish joizmi?