06:30 / 24.08.2018
6 128

Tadbirkordan pora olgan soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi ushlandi

Tadbirkordan pora olgan soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi ushlandi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xabariga koʻra, shu yilning 4 iyul kuni xususiy tadbirkor X.X. Namangan viloyati IIB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimiga murojaat qilgan.

U 2013 yildan Chust shahri, Doʻzanda MFYda savdo doʻkoni ochib faoliyat yuritishi, 2018 yil 3 iyul kuni savdo doʻkoniga tuman Davlat soliq idorasi rahbar xodimlari Gʻ.B. va T.N. kelib, savdo doʻkonini soliq xodimlari tekshirmasliklari evaziga 300 AQSH dollari berishini talab qilganliklarini maʻlum qilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi maʻlum qilishicha, mazkur arizaga asosan, shu kuni Namangan viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda Namangan viloyati prokuraturasi xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Chust tumani Davlat soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlovchi T.N. tuman DSI binosida fuqaro X.X.dan 300 AQSH dollarini olgan vaqtida qoʻlga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, T.N. qamoqqa olingan. Shuningdek, uning jinoiy sheriklariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkordan pora olgan soliq inspeksiyasi boʻlim boshligʻi ushlandi