19:27 / 24.08.2018
5 057

«Afrosiyob» va mahalliy yo'nalishdagi poezdlarga 50 foiz chegirma joriy qilindi

«Afrosiyob» va mahalliy yo'nalishdagi poezdlarga 50 foiz chegirma joriy qilindi
Foto: «railway.uz»

31 avgustdan 4 sentyabrgacha mahalliy yo'nalishdagi yo'lovchi poezdlarida hamda «Afrosiyob» poezdlarida oilaviy, jamoa, talabalar, o'quvchilar hamda nafaqadagilar uchun yo'l chiptalariga 50 foiz chegirma joriy qilindi. Bu haqda «O'zbekiston temir yo'llari» AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Bu chegirma fuqarolarning to'laqonli dam olishi uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanishi, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida joriy etildi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni joylardagi temir yo'l kassalari va «O'zbekiston temir yo'llari» AJning rasmiy uzrailpass.uz va railway.uz saytlaridan bilib olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Afrosiyob» va mahalliy yo'nalishdagi poezdlarga 50 foiz chegirma joriy qilindi