20:50 / 24.08.2018
4 648

Sherzod Shermatov: «Tarmoq maktablari tizimini joriy etamiz»

Sherzod Shermatov: «Tarmoq maktablari tizimini joriy etamiz»
Xalqaro press-klubning Xalq ta`limi tizimi faoliyatiga bag'ishlangan, «Maktab ta`limi: islohotlarning yangi bosqichdagi muhim o'zgarishlar va muammolar tahlili» mavzusidagi sessiyasida soha vakillari, ota-onalar va jurnalistlar ishtirok etishdi. Unda Xalq ta`limi vaziri Sherzod Shermatov tizimdagi yangiliklardan boxabar etdi.

«Hozirgi kunda biz yangi tarmoq maktablari loyihasi bo'yicha ish olib boryapmiz. Buni hayotiy misol ko'rinishida tushuntirib beraman: barcha ota-onalar farzandini obro'li, kuchli pedagoglar jamoasiga ega maktablarda ta`lim olishini xohlab o'sha yerda o'qitishga intilishadi. Talab ko'pligi tufayli nufuzli maktablarda o'quvchilar soni me`yor (bir sinfda 35 ta o'quvchi)dan oshib ketadi, ta`lim sifati pastroq maktablarda esa o'quvchilar keskin kamayib, proporsionallik buzilmoqda.

Shu muammoni hal qilish uchun maktab direktorlariga o'quvchilar sonini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish qat`iy talabini qo'ydik. Ushbu vazifani bajara olmagan maktablar o'sha hududdagi boshqa nufuzli maktablar tasarrufiga o'tadi. Sinov tariqasida Toshkent shahrining Shayxontohur tumani maktablarida ushbu loyihani tatbiq qilamiz. Kutilgan natijani bersa, buni butun respublikaga joriy etish niyatidamiz», deya vazirning so'zlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Vazir sohadagi bir qancha muammolarni ham sanab o'tdi. U uchta eng katta muammoni alohida ta`kidladi: Birinchidan, talim sifatini oshirish masalasi. Bunda maktablarda o'qitish tizimi sifatini belgilovchi maktablar reytingi tuziladi. Har bir maktab ma`muriyati faqat sifat uchun ishlay boshlaydi. Ikkinchidan, maktablarni moliyalashtirish tizimini ishlab chiqish zarurati: umumta`lim muassasalarini kerakli moddiy-texnik baza bilan ta`minlash uchun moliyaviy manbani topish muammosi hal etilsa, hozirgi paytda ota-onalar shikoyat qilayotgan «maktab yig'imlari»ga barham beriladi. Uchinchidan, kadrlar taqchilligi: malakali o'qituvchilar juda oz. OTMlarning pedagogika yo'nalishi bo'yicha kvotalarni belgilashda xalq ta`limi tizimi talabi o'rganib chiqilmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sherzod Shermatov: «Tarmoq maktablari tizimini joriy etamiz»