22:40 / 24.08.2018
6 307

Milliy universitet dekani va o'rinbosari pora bilan qo'lga tushdi

Milliy universitet dekani va o'rinbosari pora bilan qo'lga tushdi
Shu yilning 15 avgust kuni fuqaro R.X. O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilib, unda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti xodimlari Yu.J. va A.Q.lar shu universitet magisturaturasi “Ijtimoiy fanlar” fakultetining psixologiya yo'nalishiga o'qishga qabul qilish evaziga 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni berishini talab qilayotganliklarini ma`lum qilgan.

O'zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko'ra, mazkur arizaga asosan shu kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi hamda Toshkent shahar prokuraturasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan muovini bo'lib ishlovchi Yu.J. universitetning Fizika fakulteti binosida fuqaro R.X.dan 2000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida qo'lga olingan. Yu.J. o'zining jinoiy sherigi A.Q. (fakultet dekani - tahr.) bilan o'zaro jinoiy til biriktirib, ushbu pullarni olganligi ma`lum bo'ldi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi (pora olish: bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, Yu.J. va A.Q. qamoqqa olingan.

Shuningdek, jinoiy guruhning boshqa a`zolariga nisbatan ham tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Milliy universitet dekani va o'rinbosari pora bilan qo'lga tushdi