21:30 / 26.08.2018
5 770

Pora olayotganida qoʻlga tushgan shaxs IIV xodimiga ham pora berishga urindi

Pora olayotganida qoʻlga tushgan shaxs IIV xodimiga ham pora berishga urindi
Foto: Kun.uz
Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi Tibbiy birlashma boʻlimi boshligʻi Q.X oʻz xodimidan pora olish va IIB xodimiga pora berish jinoyatlarini sodir qilgani uchun qoʻlga olingan. Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shu yilning iyulida Q.X oʻz xizmat mavqesidan foydalangan holda, qoʻl ostidagi xodimi, hamshira Sh.B.dan 50 AQSH dollari miqdorida pora olayotgan paytda ushlangan edi. Shundan soʻng, unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 214-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi ochilgan.

Biroq, u IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi boshligʻi A.Roʻzimovga murojaat qilib, agar jinoyat ishini oʻzining foydasiga hal qilib bersa, unga taklif qilingan 50 AQSH dollarini 10 barobari miqdorida pul berishini bildiradi. Shundan soʻng, pora berishga uringan poraxoʻr shu kuni taklif qilgan pulining 400 AQSH dollarlik qismini boʻlinma boshligʻiga berayotganida jinoyat ustida qoʻlga olinadi.

Mazkur holat yuzasidan, shu kunning oʻzida unga nisbatan JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pora olayotganida qoʻlga tushgan shaxs IIV xodimiga ham pora berishga urindi