Prezident Shavkat Mirziyoyev “Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini innovatsion rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi deb maʼlum qiladi Xabar nashri.
Unga koʻra, ikki oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi tayyorlanadi:
— madaniyat va sanʼat muassasalarida blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini (keyingi oʻrinlarda – CHOYAET) joriy etish va uning ishlash tartibini belgilash;
— CHOYAETga ulangan respublika madaniyat va sanʼat muassasalari tomonidan chiptalarni sotish, hisobga olish va tasdiqlash avtomatik tizimlaridan majburiy foydalanish;
— elektron chiptalarni chipta apparatlari va avtonom bosma uskunalardan foydalanib, elektron chiptalarni, shu jumladan chipta tarqatuvchi yuridik shaxslar tomonidan vositachilik shartnomalari asosida erkin muomalaga chiqarish va realizatsiya qilish uchun huquqiy asoslar yaratish;
— elektron chiptalar rekvizitlariga, shuningdek, madaniyat va sanʼat muassasalarining elektron chiptalarni muomalaga chiqarish, hisobga olish va tasdiqlash uchun foydalanadigan moddiy-texnik bazasiga eng kam talablarni joriy etish;
— CHOYAET doirasida chiptalarni realizatsiya qilish boʻyicha operatsiyalarni himoya qilishga, chiptalarni keyinchalik balandroq narxda qayta sotish uchun yoppasiga sotib olinishiga yoʻl qoʻymaslikka doir choralarga eng kam talablarni joriy etish;
— CHOYAET doirasida chiptalarni sotishdan tushgan tushumdan CHOYAETni saqlash, shuningdek, Renovatsiya dasturida va “Yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Jamgʻarmaga yuboriladigan yigʻim joriy etish. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi