AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi oʻzining rasmiy telegram kanalida Green Card lotereyasiga oid muhim maʼlumotni eʼlon qildi.
Unda aytilishiga koʻra, Grin kardga anketasi bilan topshirilayotgan fotosuratlar 6 oydan eski boʻlmasligi kerak, aks holda bunday anketalar hisobga olinmasligi mumkin.
“Turli millatga mansub immigrantlar vizasi – Green Card lotereyasi dasturiga kiritiladigan fotosurat yangi yoki yaqinda olingan boʻlishi shart. Olti oydan koʻp muddat avval olingan fotosuratni topshirish dasturdan chetlatilishga, yaʼni diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin!”, — deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, Sobiq Ittifoq mamlakatlari orasida Oʻzbekiston Grin kard lotereyasida eng faol ishtirok etayotgan mamlakatlardan biri. Shuningdek Oʻzbekiston fuqarolari uchun Grin kard lotereyasida eng koʻp oʻrin berilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi