09:28 / 29.08.2018
4 606

Ikki yuz mingga yaqin indoneziyalik Oʻzbekiston orqali umraga borishi kutilmoqda

Ikki yuz mingga yaqin indoneziyalik Oʻzbekiston orqali umraga borishi kutilmoqda
Makka shahridagi “Abrojul Hidoya” mehmonxonasida Oʻzbekiston “Haj-2018” ishchi guruhi rahbari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari Nuriymon Abulhasan boshchiligida, Saudiya Arabistonidagi hamkor “Al-Hidoya” va Indoneziyadagi “Burhonul Hidoya” shirkati rahbarlari oʻrtasida muloqot tashkil etildi. Bu haqda OʻMI Matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda indoneziyalik ziyoratchilarni Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari hisoblangan Samarqand va Buxoro orqali umra ziyoratiga borishini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

Uchrashuvda taʼkidlanishicha, har yili 150−200 ming indoneziyalik ziyoratchi Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari — Samarqand va Buxoroning diqqatga sazovor joylarini ziyorat qilib, soʻngra umra safariga shu yerning oʻzidan joʻnab ketishadi.

Ushbu jarayonni samarali tashkil etish maqsadida, hamkor shirkat rahbari shayx Solih Salim Bahviniy Oʻzbekistonga keladi. Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi hamkorligida amalga oshiriladigan ushbu tashrif davomida Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston havo yoʻllari mutasaddilari bilan uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Malumot uchun, joriy yilning oktyabr oyidan boshlab indoneziyaliklarning Oʻzbekiston orqali umra safariga joʻnab ketishi belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ikki yuz mingga yaqin indoneziyalik Oʻzbekiston orqali umraga borishi kutilmoqda