Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
Oʻzgartirishlarga asosan fuqarolar doimiy roʻyxati mavjud boʻlmaganida, oldingi doimiy roʻyxatda turadigan joyidagi, propiskaga oid maʼlumotlar mavjud boʻlmagan hollarda oʻzi turgan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga (pasport stolga) murojaat qilishi mumkin.
Farmon bilan yoʻqotilgan pasport oʻrniga pasport berish tartibi belgilandi.
Unga muvofiq pasportini yoʻqotgan fuqaro zudlik bilan doimiy roʻyxatda turgan joyidagi maʼlumotlarni yigʻish punktiga (pasport stol) xabar berishi lozim.
Vaqtincha xorijda boʻlgan fuqarolar pasportlarini yoʻqotib qoʻysalar, pasport yaroqsiz holga kelsa yoki uning amal qilish muddati tugasa, Oʻzbekistonga qaytish guvohnomasini olish uchun konsullik vakolatxonasiga murojaat etadi.
Pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yoʻqotilganligi toʻgʻrisida ishlar organlari tomonidan maʼlumotnoma beriladi.
Pasporti oʻgʻirlab ketilgan shaxslar, jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilgan shaxslar va tabiy ofatlar natijasida pasportlari yoʻqolganligi toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etgan shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydilar.
Fuqaro pasportini yoʻqotganda pasport yoʻqolgani xaqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida unga yangi pasport beriladi. Bu muddat yana bir oyga uzaytirilishi, istisno tariqasida bunday arizalarni koʻrib chiqish muddati olti oygacha choʻzilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
AQSH Ukrainadagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng noqulay haqiqatni tan olishi kerak
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Har kuni kechqurun piyoda yurish organizmda qanday o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi?
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
AQSH elchisi: “Rossiya Ukraina poytaxtiga gipertovushli raketalar bilan zarba berdi”