15:27 / 30.08.2018
7 792

Oʻzbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam oladi?
Ertaga dam olish kuni. 5 kun ishlaydigan uchun ketma-ket 5 kun, 6 kunliklar uchun ketma-ket 3 kun dam olish kunlari boshlanadi, deb yozmoqda Xushnudbek Xudoyberdiyev.

Qayd etilishicha, haftasiga 5 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (5 kun ketma-ket):

31 avgust – qoʻshimcha dam olish kuni;
1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
2 sentyabr – yakshanba;
3 sentyabr – koʻchirilgan dam olish kuni;
4 sentyabr – koʻchirilgan dam olish kuni.

Izoh: 8 va 15 sentyabr – shanba kunlari haftasiga 5 kun ishlovchilar uchun rasman ish kuni boʻladi.

Haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlarga quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi (3 kun ketma-ket):

31 avgust – qoʻshimcha dam olish kuni;
1 sentyabr – Mustaqillik bayrami;
2 sentyabr – yakshanba.

Izoh: 3 va 4 sentyabr (dushanba-seshanba) kunlari haftasiga 6 kun ishlovchi xodimlar uchun ish kuni boʻladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Oʻzbekistonliklar bayram munosabati bilan necha kun dam oladi?