19:40 / 31.08.2018
4 761

Toshkent shahridagi xususiy bank tizimida talon-torojlik aniqlandi

Toshkent shahridagi xususiy bank tizimida talon-torojlik aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi taqdim etgan xabarga koʻra, joriy yilning 18 avgust kuni Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimiga “Tosh Invest” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori D.Sh. “Davr-bank” xususiy aksiyadorlik tijorat banki tizimi orqali qalbaki xujjatlar tayyorlash yoʻli bilan oʻzganing mulkini oʻzlashtirib, talon-toroj qilayotganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushgan.

Shu asosda, Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tekshiruv harakatlari davomida toʻplangan dalillar hamda XATB “Davr-bank” tomonidan oʻtkazilgan auditorlik tekshiruv xulosasiga koʻra, 2018 yil may-iyun oylarida XATB “Davr-bank” Amaliyot boshqarmasida ishlagan U.A. hamda “Tosh Invest” MCHJ direktori D.Sh.lar oʻzaro til biriktirib, ishonib topshirilgan va ixtiyorlarida boʻlgan oʻzganing mulkini oʻzlashtirish maqsadida, bir nechta jismoniy shaxslar nomiga maqsadli ravishda plastik kredit kartalarini rasmiylashtirib, kredit mablagʻlarini ushbu plastik kartalariga oʻtkazmay, XATB “Davr-bank”ga tegishli boʻlgan 149 mln. soʻm miqdordagi pul mablagʻlarini “Tosh Invest” MCHJ hisob raqamiga oʻtkazib, oʻz ehtiyojlariga ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan, 2018 yil 29 avgust kuni Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi (Oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish: juda koʻp miqdorda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, yetkazilgan moddiy zarar tergov davrida toʻliq undirildi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahridagi xususiy bank tizimida talon-torojlik aniqlandi